Buxoro viloyati hokimi o'tkazgan yig'ilishda "Buxoro" klubi bosh direktori o'zgardi

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2018, 14:30
Kecha Buxoro viloyati hokimligida "Buxoro" futbol klubining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni Buxoro viloyati hokimi O'ktam Barnoev o'tkazdi. Kun tartibidan bir qator masalalar o'rin oldi. Xususan yangi mavsum oldidan jamoaning tayyorgarligini kuchaytirish va yanada kurashchan tarkibni shakllantirish borasida so'z bordi. Yig'ilish chog'ida "Buxoro" futbol klubi bosh direktorida o'zgarish yuz bergani ma'lum qilindi. Bungacha ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Amrillo Najmiddinov iste'foga chiqdi. Endilikda bosh direktor sifatida Akbar Fozilov ish olib boradigan bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати