"Buxoro" Turkiyada O'zbekiston MTJning raqibi KXDR bilan o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
29 yanv 2025
Kecha Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish uchun Antaliyaga uchib kyetishi haqida xabar berilgan edi.

"Buxoro" Turkiyada yig'in o'tkazadi 

Jamoa fevral oyi davomida qator xalqaro o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Qizig'i, raqiblar orasida O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026 saralashi yo'lidagi raqiblaridan biri KXDR ham bor. Oldinroq, shimolliklar boshqa bir o'zbek klubi "Surxon" bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishgan edi.

"Buxoro"ning Turkiya yig'ini doirasidagi o'rtoqlik o'yinlari:

1. "Buxoro" – "Balkani" (Kosovo)

01.02.2025, 17:00

2. "Buxoro" – "Samgurali" (Gruziya)

05.02.2025, 17:00

3. "Buxoro" – "Leningradec" (Rossiya)

08.02.2025, 17:00

4. "Buxoro" – KXDR

12.02.2025, 17:00

5. "Buxoro" – "Ordabasi" (Qozog'iston)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: t.me/FKBUXORO04