"Buxoro" Turkiyada yig'in o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan klub ertaga Antaliyaga jo'nab ketadi.

"Buxoro" jamoasi tayyorgarlikning dastlabki qismini Tojikistonning Xo'jand shahrida o'tkazgan edi. Endilikda viloyat bosh jamoasi yakuniy bosqich sifatida Turkiyaga yo'l olmoqda. Yevropadagi yig'inga quyidagi tarkib jalb qilingan. 

Ulug'bek Bakaev – bosh murabbiy

Mixail Eremchuk - katta murabbiy

Viktor Karpenko - murabbiy

Igor Mixaylov - darvozabonlar murabbiyi 

Jamshid Umarov – tahlilchi

Mirislom Hasanov – "Buxoro" U-21 jamoasi bosh murabbiyi

Timur Yuldashev – fitnes murabbiy

Muhammad Rahmatov – mamur 

Sanat Bobomurodov – shifokor

Akram Shomurodov - massajchi

Valeriy Yusupov – Massajchi

Nazirjon Nurullaev – matbuot kotibi

FutbolchilarShirinboy Abdullaev, Otabek Boymurodov, SHohijahon Saitqulov, Izzatillo Po'latov, Anvar Jo'raev, Asilbek Qayyumov, Javohir Ro'ziev, Azamat Shomurodov, Husayn Ergashboev, Sardor Qulmatov, Albert Nurullaev, Shohruz Norxonov, Shahboz Jo'rabekov, Muxammadsafo Fozilov, Mahmud Jo'rabekov, Muhammad Yuldashev, Javohir O'tamurodov, Marko Kolakovich, Dominik Begich, Milan Mirosavljev, Frane Chiryak, Iosip Tomashovich, Amirshoh Hamidov

Eslatib o'tamiz jamoa yig'in doirasida bir qator o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати