"Buxoro" Sanat Shixov bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 16:44
“Buxoro” kecha o'z safiga yangi futbolchini qo'shib olgani haqida xabar bergan edik.

Bugun jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishishdi. Sanat Shixov bilan olib borilgan muzokaralar ijobiy yakun topdi va Shixov jamoa bilan shartnoma qildi.

 Buxoroliklarning ikkinchi bosqich yig'iniga kelib qo'shilgan Sanat Shixov bugundan e'tiborat “Buxoro” futbolchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.  

O'tgan mavsumda Sanat Shixov Namanganning “Navbahor” jamoasida to'p surdi. 1989 yil 28 dekabrda tavallud topgan ushbu yarim himoyachi, namanganliklar safida jami 29 marotaba maydonga tushdi (2472 daqiqa) va ikkita golga mualliflik qildi. Mavsum davomida hakamlar Shixovni 6 marotaba ogohlantirishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com