"Buxoro" qarzini uzdi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2022
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Barcha qarzdorliklar bartaraf etildi.

"Buxoro" professional futbol klubi o'tgan yil va ushbu mavsumning birinchi davrasida jamoamizda to'p tepgan bir qator futbolchilardan bo'lgan barcha qarzdorlik holati 2022 yil 10 noyabr kuni to'liq bartaraf etilganini ma'lum qiladi. 

Bugungi kunda jamoaning sobiq futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalari bo'yicha, qarzdorligi mavjud emas", – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, 10 noyabr kuni "Eshitdik-da" rukni ostida "Neftchi", "Qo'qon-1912" va "Buxoro" futbolchilar oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etmagani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати