
Shiddatli kechgan o'yinda hisob ochilmadi - 0:0. Shu tariqa, "Buxoro" o'z maydonida ketma-ket ikkinchi yil "Paxtakor"dan ochko tortib oldi.
2013 yilgi mavsumda "Buxoro" o'z uyida "Paxtakor"ni 1:0 hisobida taslim qilgandi.
Bundan tashqari, ushbu mavsumda "Buxoro" o'z muxlislari qarshisida ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lub bo'lgani yo'q. 4-turda "Metallurg"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan Edgar Gess shogirdlari 6-turda "Bunyodkor" bilan durang o'ynashgandi - 1:1.