

O'tgan mavsumni “Buxoro”da o'tkazgan Ro'zimboy Ahmedov, Nikola Stoshich, Obid Juraboev, Humoyumirzo Iminov, Jasur Azimov, Jamoliddin Ubaydullaev, Mirjalol Jumaev, Abduxoliq Qurbonov, Fayzullobek Jumanquziev, Rustam Abduxamidov, Sardor Kobuljanov, Akobir Qayumov, Temur Ismailov, Jasur Xasanov, Asiljon Begimkulov hamda Siroj Melievlar bilan kelishuvga erishildi. Ushbu futbolchilar yangi mavsumni jamoada o'tkazishadi.
Bundan tashqari, jamoa tarkibiga jalb qilingan yangi futbolchilar Abbos Otaxonov, Ixtiyor Toshpulatov, Farrux Ibragimov, Dilshod Jo'raev, Ruslan Koraev hamda Aleksandr Kasyan bilan ham yangi shartnomalar imzolandi.




