"Buxoro": 3 futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2017, 16:10
Toshkentda mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Buxoro" jamoasi bugun 3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lagan Ivan Nagaev bugun "Buxoro" bilan shartnoma imzoladi va  ushbu hujumchi 2017 yilgi mavsumni buxoroliklar safida boshlaydigan bo'ldi.

Navoiyning "Qizilqum" klubining asosiy darvozaboni hisoblangan Erkin Jabborov ham "Buxoro"ning yangi xaridi sanaladi. Ushbu darvozabon ham bugundan e'tiboran rasman "Buxoro" futbolchisi sifatida faoliyat yuritadi.

"Buxoro"ning yana bir mahoratli yarim himoyachisi Suxrob Nematov ham bugun yangi mavsumni "Buxoro"da davom ettirishi aniq bo'ldi.
Ertaga yana bir nechta futbolchilar bilan shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com