Buskets "Roma"ga qarshi uchrashuvgacha jarohatidan tiklanishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 mar 2018, 17:41
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets YCHL doirasida "Roma"ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytishi mumkin.

Bu haqda Italiyaning "Sport" nashri xabar bermoqda. Serxio "Chelsi"ga qarshi javob bahsida jarohat olgandi. Uning o'ng oyog'i barmog'i singan.

"Barselona"ning "Roma"ga qarshi uchrashuvi 4 aprel kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport