Buskets: "Real"ga qarshi o'yin hal qiluvchi bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
14 mar 2014, 10:44
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Busketsning fikricha bu yilgi chempionlik taqdiri 23 mart kungi Madridda bo'lib o'tadigan "klasiko"da hal bo'ladi.
"Chempionatdagi oxirgi o'yinlar biz uchun yomon tugadi, Primeradagi ahvolimiz og'irlashdi. Ammo hali oldinda "Bernabeu"dagi bahs bor, oxirigacha kurashamiz.

Aynan "Real"ga qarshi o'yin hal qiluvchi bo'ladi. Agar g'olib bo'lsak chempionlik uchun kurashishda davom etamiz. Agar mag'lub bo'lsak biz uchun barchasi tugaydi", - deydi Buskets.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru