Buskets Ispaniyada o'yin o'tkazish bo'yicha Xavidan o'tib ketdi, oldinda Kasilyas va Ramos bor

Aziz Tukhtamuradov
15 noya 2021, 09:20
Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida Shvetsiyaga qarshi o'yin o'tkazdi (1:0).

Mezbonlar yarim himoyachisi Serji Buskets uchun bu terma jamoa safidagi 133-o'yin bo'ldi. Bu orqali u "Barselona"ning hozirgi bosh murabbiyi Xavini ortda qoldirdi. 

Ispaniya terma jamoasida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha u Iker Kasilyas (167ta o'yin) va Serxio Ramos (180 ta o'yin) dan ortda qolmoqda. 

Qayd etish lozimki, Opta Sports Ispaniyaning Gretsiyaga qarshi o'yinida Buskets 133-o'yinini o'tkazgani haqida ma'lumot tarqatgandi. Keyinchalik bu biroz noto'g'ri ma'lumot ekanligi ma'lum bo'lgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/SeFutbo