Buskets, Alba va Breytueyt "Barsa" ixtiyoriga kelishdi, Messi va Aguero esa hali yo'q

Alisher
28 iyul 2021, 17:38
"Barselona" mavsumoldi tayyorgarlikning keyingi bosqichi uchun Germaniyaga yo'l oldi.

Jamoaga Evro-2020dan keyingi tatildan qaytgan Serji Buskets, Jordi Alba va Martin Breytueyt qo'shildi.

Klub ixtiyoriga hali Lionel Messi, Serxio Aguero va Emerson Aparesido kelmadi: ular Amerika Kubogidan so'ng tatildalar.

"Ko'k-anorranglilar" Germaniyada "Shtutgart" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi, shundan so'ng esa Avstriyaga "RB Zalcburg" bilan o'yin uchun yo'l olishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com