Ferdinand: "2011 yil CHL finalida Buskets MYU o'yini ustidan kulgan"

Aslanov Jasurbek
6 apr 2024
Rio Ferdinandning aytishicha, Serji Buskets "Manchester Yunayted" o'yini ustidan kulgan ekan.

MYU sobiq himoyachisi 2011 yil Chempionlar ligasi finalida "Barselona"ga qarshi kechgan bahs (1:3) haqida gapirib berdi.

"Esimda, Buskets bilan kichik kurashdan so'ng to'pni olib qo'ydim, vaqt tugadi va ular g'alaba qozonishdi.

To'pni olishim bilan xushtak chalindi. Serdji menga qarab: "Sen va Vidich, bum, bum, bum". U "uzun pas, uzun pas, uzun pas" dedi.

Kulib yuboray dedim. O'zimni sharmanda bo'lgan insondek his qildim. Hech qachon maydonda bunchalik uyalmaganman" - dedi Rio Ferdinand.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail