Buskets MYUga qarshi ilk o'yinni o'tkazib yuboradi

Оқил Абдубарноев
13 fev 2023, 22:02
Serji Buskets Yevropa ligasi pley-off bosqichining ilk o'yinini o'tkazib yuboradi.

"Barselona" sardori La Liganing 20-turi doirasida "Sevilya"ga qarshi o'yinda (3:0) to'pig'idan jarohat oldi va 8-daqiqada almashtirildi. Yarim himoyachi “Manchester Yunayted”ga qarshi Yevropa Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o'yinida ishtirok eta olmaydi. Mazkur bahs 16 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Biroq yarim himoyachi 23 fevral kuni bo'lib o'tadigan javob o'yinigacha tiklanishi mumkin. "Barselona" Serjini formaga qaytarish uchun 19 fevral kuni "Kadis"ga qarshi bir necha daqiqa o'ynashiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.

34 yoshli futbolchi joriy mavsum "Barselona" safida barcha turnirlarda 27 o'yin o'tkazdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Cadena SER