Burgut nigoh Sardor va "Fantastik to'rtlik". FOTOMAQOLA

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2019, 01:37
O'zbekiston MTJ Osiyo kubogi-2019 doirasida Ummonga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi.

"Sharja" stadionida o'tkazilgan mashg'ulotdan to'liq fotogalereyani oldinroq chop etgan edik. Quyida esa fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz.

Mashg'ulot odatdagidek yugurish bilan boshlandi.


Ektor Kuper chigalyozdi mashqlaridan keyingi jarayonga tayyorgarlik ko'rmoqda.


Bu esa "Sharja stedium"da jurnalistlar uchun mo'ljallangan media tribuna.


Otabek Shukurovdan o'zi uchun ancha qadrdon bo'lib qolgan stadionda chiroyli va samarali o'yin kutib qolamiz ("Sharja stedium" Shukurov to'r tepadigan "Sharja" klubining uy stadioni hisoblanadi).


Bikmaev butsasini tishlamoqchi :)


Burgut nigoh Sardor.


Mashg'ulotni kuzatib borgan o'nlab o'zbekistonlik jurnalistlarning bir qismi. Chapdan o'ngga: Shuhratbek Jo'raev ("Futbol Ekspress"), Jasur Aslanov, Shahboz Beg'amov, Narzulla Saydullaev, Gayrat Xasbiullin (hammasi - "championat.asia"), Akramjon Mamadaliev ("Qo'qon-1912" matbuot kotibi).


Kuper chigalyozdi mashqlarni diqqat bilan kuzatmoqda.


Terma jamoa ustunlari.


Bu esa O'FA rasmiy saytida rusiy zabon muxlislar uchun rus tilida kundalik yozayotgan Yuliya Panina.


Chempionlar.


"Xo'rozlar jangi".


Garchi Bikmaev va Aliboevning vaznida tafovut bo'lsa-da kurash keskin bo'ldi.


"Xo'rozlar jangi" futbolchilarning kayfiyatini ancha ko'tardi. Ilohim, ertaga o'yindan keyin ham mana shunday kayfiyatda bo'lish nasib etsin.


Darvozadagi qoyamiz - Ignatiy Nesterov.


"Fantastik to'rtlik".


OK-2019da O'zbekiston MTJ uchun ajratilgan avtobus.


VATAN bayrog'i doimo baland ko'tarilsin!!!


Tolibjon Qosimov

Sharja, BAA

FOTOGALEREYA. O'zbekiston - Ummon. Terma jamoamizning rasmiy mashg'uloti

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia