"Bunyodkor"ning turkmanistonlik legioneri "Lokomotiv" bilan o'yindan keyin nimalar dedi?

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2020, 12:17
"Bunyodkor" jamoasi o'z maydonida kechgan Toshkent derbisida g'alabani begona qilmadi.

O'tgan turdagi "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng ruhiy tomonlama tiklana olgan "qaldirg'ochlar" derbida "temiryo'lchilar"dan ustun keldi. Bahsdan so'ng tur bezagiga aylangan gollardan birini urgan "Bunyodkor"ning turkmanistonlik legioneri Selim Nurmuradovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Men bu onlarni tezroq kelishini kutgandim. Gol urganimdan keyin o'zimga bo'lgan ishonch ortishini bilardim. "Lokomotiv" darvozasiga to'p kiritdim va jamoamga foyda keltirdim. Birinchi gol doim yoqimli bo'ladi. "Paxtakor" bilan o'yindan keyin oldimizda faqat bitta vazifa qolgandi. U ham bo'lsa g'alaba qozonish va muxlislar oldida aybimizni yuvish. Endilikda qolgan uchrashuvlarda maksimal ochko jamg'arishimiz lozim. 

Ha, mavsum boshida jarohat olib safdan chiqqandim. Karantin davrida tiklanishga katta e'tibor berdim. Tezroq tuzalishni va yashil maydonga qaytishni chin dildan xohladim. Bu damlarni o'tkazish juda qiyin bo'ldi. Vadim Karlenovichga bildirayotgan ishonchi uchun katta rahmat aytib qolaman. Uning ishonchini so'ndirmaslik uchun bor kuchimni ishga solaman",- deydi Selim Nurmuradov.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia