“Bunyodkor”ning “Ozodi”dagi rasmiy mashg'uloti. FOTO+VIDEO

Narzulla Saydullayev
6 may 2015, 11:45
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun qitamizning eng ulkan arenasi – “Ozodi” stadionida rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi.
“Qaldirg'ochlar” Eronga bir qator jiddiy yo'qotishlar bilan tashrif buyurgan. Jumladan, 10 nafar futbolchimiz O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga ealb etilgan. Darvozabon Akbar To'raev va hujumchi Anvar Berdiev jarohat tufayli Toshkentda qolishgan bo'lsa, himoyachilar Xayrulla Karimov va Anvar G'ofurov kartochkalar muammosi tufayli bahsni o'tkazib yuborishadi. Shu boisdan ham Sergey Lushchan tarkib borasida etarli muammolarga yo'liqdi.

“Ozodi” stadionida tahminin bir soat davom etgan mashg'ulotda 16 nafar futbolchi ishtirok etdi. Bular: darvozabonlar – Murodjon Zuxurov, Pavel Bugalo, himoyachilar – Akmal Shorahmedov, Ivan Miloshevich, Artyom Filiposyan, Obid Jo'raboev, yarim himoyachilar – Shaker Zuagi, Jovlon Ibroximov, Sardor Sobirxo'jaev, Samir Bekrich, Minori Sato, Nuriddin Hasanov, hujumchilar – Mirzoxid G'ofurov, Sardor Rashidov, Voxid Shodiev, Temur Ayupov. Serbiyalik himoyachi Ivan Miloshevich hali jarohatidan to'liq qutilib ulgurmagani bois umumiy guruh bilan shug'ullanmadi. Aksincha, u maydon chetida yugurish bilan cheklandi.

Aytish kerakki, afsonaviy stadion maysalari juda ham a'lo darajada saqlangan. Biroq muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar borasida bunday deya olmaymiz. Aksar tribunalar ta'mir talab ekanligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Qolaversa, futbolchilarni kiyim almashtirish xonasi ham eskirib qolgan.

“Bunyodkor” mashg'ulot o'tkazayotgan paytda “Ozodi” stadioni osmoni uzra engil yomg'ir ham yog'ib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, “Persepolis” – “Bunyodkor” uchrashuvi 6 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:05da boshlanadi.

"Bunyodkor"ning "Ozodi"dagi mashg'uloti FOTOJAMLANMAsi bilan tanishishingiz mumkin. Mashg'ulot videolavhasini esa quyida tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

TAS-IX


TAS-IX emas




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com