“Bunyodkor”ning Minskdagi mashg'ulotlari boshlandi, Farruh Ikromov mashg'ulotlarga qaytdi

Mirjalol Normatov
13 iyul 2022, 23:34
Bugun erta tongda Belarus poytaxti Minsk shahriga yetib kelgan “Bunyodkor” mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Viktor Karpenko murabbiyligidagi jamoa tushdan so'ng Minsk shahridagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi. Belarus futbol federatsiyasiga qarashli maydonda o'tkazilgan mashg'ulotda futbolchilarga og'ir yuklamalar berilmadi. O'yinchilar asosan to'p bilan shug'ullanishdi. 

Jamoa muxlislarini xursand qiladigan yangilik shuki, jiddiy jarohat sabab deyarli bir yilni maydondan tashqarida o'tkazayotgan Farrux Ikromov bugun umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi, ammo engil jarohati bor Suhrob Izzatov yakka tartibda yugurish bilan cheklandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати