

Musobaqada 2001 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jami sakkizta jamoa ishtirok etmoqda. Bular: “Bunyodkor” (Toshkent), “Andijon” (Andijon), “Yangier” (Yangier), “Buxoro” (Buxoro), “Nasaf” (Qarshi), “Neftchi” (Farg'ona), “Navbahor” (Namangan) va “Zarafshon” (Navoiy).
Musobaqaning birinchi kun uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Natijalar bilan tanishing.
I tur, 23 mart
09:00. 4-maydon. “Bunyodkor” – “Andijon” 6:2
09:00. 5-maydon. “Yangier” – “Buxoro” 0:6
12:00. 5-maydon. “Nasaf” – “Neftchi” 7:0
12:00. 4-maydon. “Navbahor” – “Zarafshon” 3:1



