

Soat 11:45da boshlanadigan tadbirning birinchi qismida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushchan va futbolchilardan biri OAV vakillari savollariga javob qaytaradi.
Shundan so'ng, “Zob-Ahan” ustozi Mujtaba Xusayni va yetakchi futbolchilardan biri jurnalistlar bilan muloqotga kirishadi.
“Bunyodkor” – “Zob-Ahan” uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumaniga OAV vakillarini taklif etamiz.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi-2017 3-turi doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Zob-Ahan” uchrashuvi 13 mart kuni “Bunyodkor” stadionida soat 18:00da boshlanadi.



