"Bunyodkor" uch futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2024, 02:50
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Toshkentning "Bunyodkor" klubi so'nggi mavsum "qaldirg'ochlar" sharafini himoya qilgan uch futbolchi bilan yangi bitim imzoladi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan jamoamizning bir qator a'zolari bilan shartnoma uzaytirildi. Xususan, darvozabon Sarvar Karimov, maydon markazidagi yetakchimiz Rasul Yo'ldoshev hamda qisqa vaqt ichida asosiy tarkibda o'z o'rnini topa olgan iqtidorli yarim himoyachi Bilol Tupliev yangi mavsumda ham “Bunyodkor” libosida to'p suradi" - deyiladi "Bunyodkor" bayonotida.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia