“Bunyodkor” – “So'g'diyona” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida o'tadi

Оқил Абдубарноев
2 mar 2022, 21:14
Coca-Cola Superliga 1 tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “So'g'diyona” bahsi 3 mart, payshanba kuni “Bunyodkor” stadionida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Ma'lumki, shu yilning iyun oyida O'zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi va mazkur musobaqaning hal qiluvchi o'yinlari aynan “Bunyodkor” stadionida tashkillashtirilishi rejalashtirilgan. Stadion maysasiga mas'ul mutaxassislarning o'rganish natijalariga ko'ra, maydon maysasi hali uchrashuvlarni to'liq qabul qilishga tayyor emas va hozir o'yin o'tkazilishi chimga ziyon ttkazishi mumkin. 

Shuni inobatga olgan holda “Bunyodkor” – “So'g'diyona” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida o'tkaziladigan bo'ldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia