"Bunyodkor" Rashidov bilan "Al Jayish" klubi qiziqayotganini tasdiqladi

20 iyun 2015, 23:41
"Bunyodkor" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasi Sardor Rashidovning "Al Jayish"ga o'tayotganligi haqidagi xabarga oydinlik kiritib o'tdi.

"Sardor Rashidovning "Bunyodkor"dan Qatarning "Al Jayish" klubiga o'tgani haqidagi xabar hozircha rasmiy kuchga ega emas. Sardor hamon "qaldirg'ochlar" a'zosi hisoblanadi. Lekin qatarliklarning Rashidov bilan qiziqayotgani rost. Hozirda ushbu transfer borasida muzokaralar olib borilmoqda. Bu o'tish rasmiylashtirilgach, klub matbuot xizmati keyin aniq ma'lumot beradi", - deyiladi xabarda.


Manba: championat.asia