"Bunyodkor" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2021, 17:40
Mavsum startiga yaqin qolgani sari "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolayotgan yoki amaldagi shartnomasini uzaytirayotgan futbolchilarning soni oshib bormoqda.

Kuni kecha yana bir qator o'yinchilar bilan shartnoma imzolandi. Xususan, o'tgan mavsumni "Qizilqum" safida o'tkazgan nigeriyalik Ibrohim Tomiva, "Buxoro" posboni Zafar Safoev 2021 yil "Bunyodkor" libosida to'p tepishi aniq bo'ldi. Shuningdek, Sarvar Karimov va Lyubomir Bondarenko yana faoliyatini jamoa bilan bog'ladi. Umidli futbolchi Dian Talxatov esa, "qaldirg'ochlar"ning yangi a'zosiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати