"Bunyodkor" nazorat uchrashuvida "Turon" bilan murosa ko'chasini tanladi

Aslanov Jasurbek
2 mar 2021
"Bunyodkor" jamoasi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Superliganing yangi vakili "Turon"ga qarshi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvda "Bunyodkor" jamoasi hisobni ochdi. Nurillo To'xtasinovning darvozaga yo'llagan zarbasini himoyachi qo'li bilan qaytargani uchun penalti belgilandi. Ibrohim Tomiva penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim avvalida Jasur Hakimov qanotdan oshirilgan to'pni golga aylantirib, uchrashuvga nuqta qo'ydi – 1:1.

"Qaldirg'ochlar" navbatdagi nazorat uchrashuvni 5 mart kuni "Istiqlol"ga qarshi o'tkazadi.

Nazorat uchrashuvi

"Bunyodkor" - "Turon" - 1:1 

2 mart. Toshkent. "Bunyodkor" akademiyasi maydoni.

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev.

Gollar: Ibrohim Tomiva – Jasur Hakimov.

"Bunyodkor": Ravshan Yagudin (Sarvar Karimov), Ulug'bek Abdullaev (Muhammadodil Qahramonov), Avazbek O'lmasaliev (Dian Talxatov), Abdulla Abdullaev (Xurshid Ubaydullaev), Sunnatilla Abdullajonov (Nozimxon Rustamov), Suhrob Izzatov (Ibrohim Ibragimov), Sanjar Rashidov (Bek Abdullaev), Odiljon Abdurahmonov, Farrux Ikromov (Shahboz Erkinov), Nurillo To'xtasinov (Muhammadali G'iyosov), Ibrohim Tomiva (Mirjahon Mirahmadov).


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати