"Bunyodkor" - "Navbahor". "Lochinlar" Toshkentdan yana yutuqsiz qaytadimi yoxud Samvel Babayanni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi

Iskandarov Abdulaziz
22 may 2023, 09:42
Bugun Superliganing 11-turi doirasida Toshkentda "Bunyodkor" - "Navbahor" jamoalari o'zaro to'qnash keladi.

Samvel Babayan murabbiyligidagi  "Navbahor" shu vaqtgacha Superliga doirasida "qaldirg'ochlar"ni mag'lubiyatga uchrata olmagan. Poytaxtda o'tgan 17ta uchrashuvning 3tasida durang natija qayd etilgan, qolgan 14 bellashuvda  "Bunyodkor" ning qo'li baland kelgan.  "Lochinlar" mana shu uchrashuvlarda 8ta gol urgan. Mezbonlar esa 38 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan.

2007.05.05. 8-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 3:1

2008.03.02. 1-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 1:0

2009.06.21. 13-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 6:0

2010.08.26. 18-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2-0

2011.03.12. 2-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:0

2012.10.19. 23-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:0

2013.09.20. 19-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 5:0

2014.05.02. 7-tur. "Bunyodkor" - "Navbahor" 3:0

2015.04.17. 5-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 2:0

2016.11.17. 29-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 1:1

2017.11.03. 27-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:2

2018.07.24. 18-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:1 

2018.10.03. 25-tur. "Bunyodkor"  - "Navbahor" 2:0

2019.11.24. 24-tur. "Bunyodkor" - " Navbahor" 2:1

2020.07.13. 8-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 3:1

2021.05.18. 9-tur. "Bunyodkor" -  "Navbahor" 0:0

2022.10.01. 20-tur.  "Bunyodkor" -  "Navbahor" 2:1

Uchinchi urinish qanday tugaydi?

"Navbahor" bu yil Toshkentda "Paxtakor", OKMK jamoalariga qarshi maydonga chiqdi. Mazkur ikki uchrashuvning barida maydon egalarining qo'li baland keldi. 

"Paxtakor" - "Navbahor" 2:1

OKMK - "Navbahor" 2:1

Jamoalarning so'nggi to'qnashuvi

Coca Cola Superligasi. 20-tur

1 oktyabr, shanba

"Bunyodkor" – "Navbahor" 2:1 (TUGADI)

Toshkent. "Jar" stadioni. 18:30

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov, Olim To'ychiboev

VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR hakami: Anvar Marajabov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Usmonali Ismonaliev (Mahmud Mahamadjonov) 7, 1:0, Jasur Yaxshiboev (Stanislav Andreev) 42,1:1, Jasur Hakimov, 90 2:1

"Bunyodkor": 32.Suhrob Sultonov (s), 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Akbar Ismatullaev (37.Muhammadodil Qahramonov, 90+3), 8.Francis Narx, 15.Jasurbek Hakimov, 22.Usmonali Ismonaliev, 33.Umarali Rahmonaliev, 38.Toxir To'xtasinov (62.Abdulloh Omonaliev, 38),  45.Farhod O'tkirov (99.Umid Sultonov, 58), 88.Jahongir O'rozov

Zaxira: 91.Zafar Safoev, 10.Rasul Yo'ldoshev, Dmitrie Pobulich, 18.Pavel Mogilavec, 25.Muhammadsafo Fozilov,  90.Ulug'bek Kenjaev, 

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 4.Boyan Ciger, 6.Rustam Ashurmatov, 7.Azim Ahmedov  ( 14.Jamshid Boltaboev, 40)(s), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Jasur Yaxshiboev ( 19.Nurillo To'xtasinov, 89), 17.Diyor Turopov (77.Asad Sobirjonov, 40), (20.Doniyor Abdumannopov, 68)  23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev, 30.Aleksandr Kasyan (32.Zoran Marushich, 40)

Zaxira: 35.Rahim Davronov, 9.Vladimir Kozak, 22.Igor Golban, 64.Muzaffar Mo'minov, 

Ogohlantirish: Akbar Ismatullaev ("Bunyodkor") 30, Mahmudjon Mahamadjonov ("Bunyodkor") 72, Ivan Boshkovich ("Bunyodkor" bosh murabbiyi) 90+6


Taxmin

Ikki jamoa ham bu yil falsafasi natijaga asoslangan o'yinga qaratilgan. Uslub jihatdan o'xshash jamoalar to'qnashuvi. Lekin "Navbahor"da o'yinni hal qilib ketadigan ijrochilar etarlicha. "Bunyodkor" esa mavsum boshidagi tempni ancha tushirib yubordi. Ko'p gol kutmayapman, ochiq o'yin ham ko'rmasak kerak. Tarkib nuqtayi nazaridan olib qaraganda "lochinlar" bugun Toshkentdan kamida 1 ochko bilan qaytadi. Chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor" va Babayanni mag'lubiyat aslo qoniqtirmaydi.

Sizningcha bugungi uchrashuvda kim g'alaba qozonadi?

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia