"Bunyodkor" murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2022, 18:20
Toshkentning "Bunyodkor" klubi murabbiylar shtabida yangi mutaxassis ish boshladi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, yosh murabbiylardan biri Viktor Karpenko "Bunyodkor" klubi katta murabbiyi etib tayinlandi va bosh murabbiy Shuhrat Maqsudovga yordam beradigan bo'ldi. Karpenkoning "Turon"da ishlashi borasidagi muzokaralar ijobiy tugamaganini takidlash lozim.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yil bu lavozimda Marat Miftaxutdinov ishlagandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia