

Bugun erta tongda Toshkentdan yo'lga chiqqan qaldirg'ochlar to'rt yarim soat davom etgan parvozdan keyin Belorus poytaxti Minsk shahri xalqaro aeroportiga yetib keldi. Mahalliy vaqt bilan 13:30larda shahardagi Yubileynyy mehmonxonasidan joy olgan jamoa a'zolariga tushlikdan so'ng hordiq uchun vaqt berildi. Reja bo'yicha bugun tushdan so'ng Bunyodkor mashg'ulotlarni boshlaydi.
Jamoa Minskka quyidagi tarkib bilan yetib keldi:
Futbolchilar – Murodjon Zuhurov, Ulug'bek Abdullaev, Lutfulla To'raev, Suhrob Izzatov, Anvar G'ofurov, Jasurbek Jaloliddinov, Abdumavlon Abdujalilov, Muhammadodil Qahramonov, Javohir Qahramonov, Dilshodbek Ahmadaliev, Islomjon Qobilov, Abdulla Abdullaev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To'xtasinov, Boburbek Farhodov, Xurshid G'iyosov, Sanjar Rixsiboev, Valeriy Akopov, Vladislav Nuriev, Eldor Adhamov, Farrux Ikromov.
Murabbiylar shtabi – Vadim Abramov, Marat Miftaxutdinov, Aram Ananyan, Shuhrat Maqsudov, Abdusattor Rahimov, Yorqin Nazarov.
Shifokor – Qahramon Nurmuhamedov.
Fizioterapevt – Ruslan Shamsuddinov.
Massajchi – Radion Sarichev.
Bosh mamur – Botir Parpiev.
Mamur - Tohir Solixov.
Moliya ishlari bo'yicha menejer – Shomurod Isroilov.
Tasvirchi – Akbar Dadashev.
Matbuot kotib – Furqat Nishonov.



