"Bunyodkor" - "Metallurg" uchrashuvi 29 iyulga qoldirildi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2016, 14:06
O'zbekiston kubogi taqvimiga o'zgarish kiritildi.

Oliy liganing 14-turidan o'rin olgan Lokomotiv (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy) o'yini 28 iyul kuniga belgilandi.

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan Lokomotiv (Toshkent) – Mashal (Muborak) uchrashuvi 29 iyuldan boshqa kunga qoldirildi.

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan Bunyodkor (Toshkent) – Metallurg (Bekobod) o'yini dastlab 5 iyul kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Bunyodkor klubining 5 nafar futbolchisi O'zbekiston terma jamoasiga chaqiruv olgani bois uchrashuv 29 iyulga belgilandi. Bu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini esa kechqroq muddatga qoldirildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz