

O'tgan mavsumni Qizilqum jamoasida o'tkazgan, asli Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Sunnatilla Abdullajonov kichik tanaffusdan keyin yana qaldirg'ochga aylandi. Yarim himoyachi 2021 yilgi mavsumni Bunyodkor safida o'tkazadi. Umid qilamizki, tarbiyalanuvchimiz o'zining ajoyib o'yinlari bilan jamoamizning g'alabalariga ulkan hissa qo'shadi.
MA'LUMOT UCHUN
SUNNATILLA ABDULLAJONOV
Tug'ilgan sanasi: 22.10.1996 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi
Ampluasi: yarim himoyachi
Faoliyati
2013-2014 yillar Bunyodkor-2
2015 yil Obod
2016 yil AGMK
2017 yil NBU-Osiyo
2018 yil Andijon
2019 yil 1-davra Bunyodkor-2
2019-2020 yillar Qizilqum

Shuningdek, iqtidorli darvozabon Ravshan Yagudin ham 2021 yilgi mavsumni Bunyodkor libosida o'tkazadi. O'zining ishonchli harakatlari bilan murabbiylar shtabining e'tiboriga tushgan Ravshan yangi mavsumda golsiz o'yinlari orqali muxlislarning mehrini ham qozonadi, degan umiddamiz!
RAVSHAN YAGUDIN
Tug'ilgan sanasi: 10.06.1996 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri
Chig'atoy maktabi tarbiyalanuvchisi
Ampluasi: darvozabon
Faoliyati
2014 yil Kosonsoy
2015 yil Metallurg
2016 yil Lokomotiv-BFK
2017 yil UzDongJu
2018 yil Nurafshon
2019 yil Sherdor
2020 yil Oq-tepa

Har ikkala futbolchining Bunyodkordagi faoliyatiga omad tilab qolamiz!, - deb yozadi "Bunyodkor" klubi rasmiy sayti.



