"Bunyodkor" hujumkor futbolchi qidiryapti

Narzulla Saydullayev
11 fev 2022, 02:26
Toshkentning "Bunyodkor" klubi 5-fevraldan buyon Turkiyaning Antalya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazmoqda.

Xabaringiz bor, 2021 yilgi mavsumdan keyin "qaldirg'ochlar" asosiy tarkibidan 6 nafar futbolchi jamoani tark etgandi. Ularning o'rni klub tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirilmoqda. Bundan tashqari, "Bunyodkor" rahbariyati hujum chizig'ini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi. Shu maqsadda Antalyada bo'lib turgan jamoa mutasaddilari 1 nafar hujumchi va 1 ta yarim himoyachi qidirish bilan band. Qaldirg'ochlar rahbariyati oldingi kunlarda "Ruda" (Chernogoriya), "Enisey" (Novosibirsk), "Dinamo" (Kiev), "Shiroki-Brieg" va "Universitatya Kluj" (Ruminiya) klublarini kuzatdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia