

Xabaringiz bor, 2021 yilgi mavsumdan keyin "qaldirg'ochlar" asosiy tarkibidan 6 nafar futbolchi jamoani tark etgandi. Ularning o'rni klub tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirilmoqda. Bundan tashqari, "Bunyodkor" rahbariyati hujum chizig'ini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi. Shu maqsadda Antalyada bo'lib turgan jamoa mutasaddilari 1 nafar hujumchi va 1 ta yarim himoyachi qidirish bilan band. Qaldirg'ochlar rahbariyati oldingi kunlarda "Ruda" (Chernogoriya), "Enisey" (Novosibirsk), "Dinamo" (Kiev), "Shiroki-Brieg" va "Universitatya Kluj" (Ruminiya) klublarini kuzatdi.







