
Bu haqda klub matbuot xizmati vakili Abror Imomxo'jaev o'z tvitterida xabar berdi.
"Bunyodkor" - "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yin 26 avgust kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 19:00 da boshlanadi".
"Bunyodkor" - "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yin 26 avgust kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 19:00 da boshlanadi".
"Umuman O'zbekiston Kubogi finaligacha (balki keyinroq ham) "Bunyodkor" uy uchrashuvlarini "Paxtakor" stadionida o'tkazadi", - deb yozadi Abror Imomxo'jaev o'z tvitterida.
Nima uchun "Bunyodkor" "Jar"da o'ynamasligi haqida ma'lumot berilmagan. "Qaldirg'ochlar" bu yilgi mavsum boshida yangi bunyod etilgan "Bunyodkor" stadionida uy o'yinlarini o'tkazishgandi. Biroq bu o'yingohning chimi yangilanishi bois o'yinlar "Jar"da bo'lib o'tayotgandi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogining bu yilgi finali 25 sentyabr kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Unda "Bunyodkor" va "Nasaf" klublari o'zaro bellashishadi.