Janubiy-sharqiy Osiyoga bo'lgan bu safargi yo'l qo'shni Qozog'iston orqali amalga oshirildi. Yakshanba kuni soat 12:00da "Bunyodkor" FK delegaciyasini o'z bortiga olgan "Ostona Eyr" aviakompaniyasiga tegishli A-321 samolyoti Toshkent xalqaro aeroportidan Qozog'istonga qarab parvoz qildi. Safarga otlangan "qaldirg'ochlar" orasida tizzasidan olgan jarohati tufayli jamoaning asosiy posboni - Ignatiy Nesterov hamda sariq kartochkalari soni ikkitani tashkil etgan Akmal Shorahmedov yo'q edi.
Olma-Otaga yetib kelgan bunyodkorchilar xuddi shahar nomi bilan bir xilda ataluvchi mehmonxonaga joylashishdi. Oteldagi ikki yarim soatlik hordiqdan so'ng Mirjalol Qosimov o'z shogirdlari bilan jamoatchilikka yaxshi tanish bo'lgan afsonaviy "Dinamo" stadionida mashg'ulot o'tkazdi.
Mashg'ulot yakunlangach mehmonxonada kechki ovqat uchun dasturxon yozildi. Mahalliy vaqt bilan soat 01:00da Olma-Otadan Bangkok tomon parvoz davom ettiriladi. Toshkentliklar Tailand poytaxtiga dushanba kuni tongda yetib borishadi. Bangkokdan esa yana havo kemasida 410 km olisda bo'lgan Buriram shahriga yetib boriladi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi uchrashuvlari doirasidagi “Buriram Yunayted” – “Bunyodkor” bahsi 14 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.