

“Qaldirg'ochlar”ning bugungi sparring raqibi – Janubiy Koreyaning amaldagi chempioni “Chonbuk Motors” klubi bo'ladi.
“Bunyodkor” – “Chonbuk Motors” uchrashuvi Dubaydagi “The Sevens” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 16:00da (Toshkentda 17:00 bo'ladi) boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, bungacha “qaldirg'ochlar” BAA yig'ini doirasida “Anji” (3:2), “Amkar” (1:1), “Lokomotiv” Moskva (0:3) va “Xenan Jiane” (3:1) jamoalari bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishgan edi.



