

Sergey Lushchan jamoasi bugun nazorat uchrashuvlari doirasidagi birinchi bahsni mahalliy “Al-Shaab” klubiga qarshi o'tkazib, Vadim Chemirtan va Shahzodbek Nurmatovning gollari evaziga raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.
“Bunyodkor” BAAda yana beshta uchrashuv o'tkazadi. Bular:
10 yanvar. “Bunyodkor” – Gana milliy terma jamoasi
11 yanvar. “Bunyodkor” – “Xenan Jiane” (Xitoy)
13 yanvar. “Bunyodkor” – “Al-Faysaliy” (Saudiya Arabistoni)
15 yanvar. “Bunyodkor” – “Aberdin” (Shotlandiya)
20 yanvar. “Bunyodkor” – Iordaniya milliy terma jamoasi



