“Bunyodkor” BAA yig'ini doirasida kimlar bilan o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2017, 21:52
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig'ini doirasida 6ta nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.

Sergey Lushchan jamoasi bugun nazorat uchrashuvlari doirasidagi birinchi bahsni mahalliy “Al-Shaab” klubiga qarshi o'tkazib, Vadim Chemirtan va Shahzodbek Nurmatovning gollari evaziga raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.

“Bunyodkor” BAAda yana beshta uchrashuv o'tkazadi. Bular:  
10 yanvar. “Bunyodkor” – Gana milliy terma jamoasi
11 yanvar. “Bunyodkor” – “Xenan Jiane” (Xitoy)
13 yanvar. “Bunyodkor” – “Al-Faysaliy” (Saudiya Arabistoni)
15 yanvar. “Bunyodkor” – “Aberdin” (Shotlandiya)
20 yanvar. “Bunyodkor” – Iordaniya milliy terma jamoasi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com