

Viktor Karpenko boshchiligidagi jamoa a'zolari 11-23 iyul kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida mashg'ulotlar olib boradi. U yerda xorij klublariga qarshi 4 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.
Abduhamid Qodirov ustozlik qilayotgan "Bunyodkor" U-21 esa Xorvatiyaga safar qilishi ehtimoli katta. Mazkur yig'in 18-31 iyul kunlari Zagrebda o'tadi. Yig'in davomida jamoa Sloveniya, Xorvatiya jamoalariga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushishi mumkin.



