

“Qaldirg'ochlar”ning o'yinoldi tayyorgarligi roppa-rosa bir soat davom etdi. Unda jamoamiz bilan Ar-Riyodga olib kelingan barcha 19 nafar futbolchi ishtirok etdi. Hamma futbolchilar soppa-sog' va mashg'ulot davomida to'liq kuch bilan ishtirok etishdi. Tayyorgarlik paytida ob-havo harorati tahminan 16-18 daraja iliq bo'ldi. Biroz shamol esib turdi.
Quyidagi havola orqali “Bunyodkor”ning 21 fevral kungi mashg'uloti videosharhi bilan tanishishingiz mumkin.



