"Bunyodkor" 9 yildan keyin bitta o'yinda 6ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2020, 17:33
Kecha "Bunyodkor" klubi Superliganing 20-turida "Andijon"ni 6:2 hisobida mag'lub etdi.

"Qaldirg'ochlar" O'zbekiston chempionatida so'nggi bor 2011 yilgi mavsumda bitta o'yinda 6ta gol urishgandi. 2011 yil 15 iyun kuni jizzaxda "So'g'diyona" 6:1 hisobida taslim qilingandi.

Umuman olganda "Bunyodkor" bugunga qadar O'zbekiston chemiponatida beshinchi bor bitta o'yinda kamida oltita gol urdi.

2007 yil - "Bunyodkor" - "Vobkent" 6:1
2009 yil - "Bunyodkor" - "Navbahor" 6:0
2011 yil - "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 1:6
2020 yil - "Bunyodkor" - "Andijon" 6:2
2008 yil - "Bunyodkor" - "Sho'rtan" 7:0

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia