
“Jerom jamoamizga kelganidan so'ng katta o'sishga erishdi. Hozirda u eng muhim o'yinchilarimizdan biriga aylangan. Shu boisdan ham u bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilayotgan edik. Shukurki, bugun Jeromning roziligini olishga erishdik. Bundan juda ham xursandmiz.” - deya futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirilishidan xursand ekanini bildirdi jamoa raisi Karl Xaync Rumyeninge.
Shartnomaning uzaytirilganidan Boatengning o'zi ham juda xursand: “Bavariya” uchun o'ynash men uchun sharaf. “Bavariya” bilan ko'plab unvonlarni qo'lga kiritish niyatidaman.” - dedi futbolchining o'zi.
Eslatib o'tamiz, Jerom Boatengning yangi shartnomasi 2018 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.