Bundesliga yo'llanmasiga ega chiqqan ilk klub nomi ma'lum bo'ldi

17 iyun 2020, 00:56
Futbol bo'yicha Germaniya chempionatining 2-divizioni yakunlanishiga 2 tur qoldi.

Bundesliga 2'ning 2-pog'onada borayotgan "Gamburg" bugun musobaqaning 32-turida "Osnabryuk" (1:1) jamoasi bilan durang o'ynadi. Gamburgliklarning ochko yo'qotishi peshqadam "Arminiya" klubi uchun ayni muddao bo'ldi. Chunki hisobida 61 ochkosi bor mazkur klub va "Gamburg" orasidagi tafovvut 7 ochkoga etdi. Shu tariqa "Arminiya" 2008-09 yilgi mavsumdan buyon ilk marta Germaniya Bundesligasining yuqori divizionida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, "Gamburg", "Shtutgart" va "Xaydenxaym" klublarida ham 2 va 3-o'rinlar orqali yuqori divizionga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild