Bundesliga TV huquqlarni sotib, klublarni moliyalashtirmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2023, 23:47
Bundesliga TV huquqlar xaridoridin izlamoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bundesliga 3 oydan beri teletranslyatsiyalarning tijorat huquqi bo'yicha investicion fondlar bilan muzokara o'tkazmoqda. Liga klublarni moliyalashtirish uchun TV huquqlarning minoritar qismini (boshqarish huquqiga ega bo'lmagan qismi) sotmoqchi.

Ayni damda TV huquqlar uchun 5 investor da'vogarlik qilmoqda. Kurashga Amerikaning investicion kompaniyasi, "Real" va "Barselona"ni qayta moliyalashtirishda ishtirok etgan Sixth Street qo'shilishi mumkin. Sixth Street 2022 yilning yozida Kataloniya klubiga moliyaviy imkoniyatlar yaratishda yordam bergan. Kompaniya "Barsselona"ning tv huquqlardan tushadigan 25% foydasini 25 yilga sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Financial Times