Bundesliga. “Borussiya” “Kyoln”ga 5 ta gol urdi, zaxiradan maydonga tushgan Xolanddan bu safar dubl

25 yanv 2020, 07:23
Bundesliga 19-turi doirasida ilk uchrashuv Dortmundda bo'lib o'tdi.

Unda mezbonlar 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Dortmundliklar safidagi gollarga Rafael Gerreyru, Marko Roys, Jeydon Sancho va Erling Xoland mualliflik qildi. E'tiborlisi, Xoland ikkinchi bo'limda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.

Borussiya D – Kyoln 5:1

Gollar: 1:0 – 1 Gerreyru, 2:0 – 29 Roys, 3:0 – 48 Sancho, 3:1 – 64 Ut, 4:1 – 77 Xoland, 5:1 – 87 Xoland.

Borussiya D – Byurki, Pishchek, Xummels, Akandji, Xakimi, Brandt, Vitcel, Gerreyru, Azar (Xoland, 65), Roys (Daud, 80), Sancho (Reyna, 89).

Kyoln – Xorn, Exizibue (Modest, 74), Bornauv, Chixos, Katterbax, Sxiri, Xektor, Tilmann (Kaync, 46), Ut (Redjbechay, 80), Yakobs, Kordoba.

Ogohlantirishlar: Bornauv (13), Vitcel (38).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia