“Borussiya D”ning 2 futbolchisi “Shalke”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
12 may 2020, 20:38
Xabaringiz bor, 16 may kuni Germaniya chempionatining joriy mavsumi tiklanadi.

26-tur doirasida “Borussiya D” uyda ‘Shalke”ni qabul qiladi. Sport Bild xabar berishicha, dortmundliklar safida yarim himoyachilar Aksel Vitsel va Emre Jan ushbu bahsni o'tkazib yuboradi.

Futbolchilar 9 may kungi mashg'ulotlar vaqtida jarohat olishgani aytilmoqda. Ularning asosiy tarkibdagi o'rnini esa Tomas Dileyni hamda Yulian Brandt egallashi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv kelayotgan shanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport Bild