Bundesliga. “Borussiya D” yutqazdi, “Borussiya M” esa g'alaba qozondi

19 dek 2018, 07:00
Kecha Germaniya Bundesligasida 16-turning bir nechta bellashuvi bo'lib o'tdi.

Xususan, Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasi o'z maydonida “Nyurnberg”ni qabul qilib, Torgan Azar va Alasson Pleaning gollari evaziga uch ochkoni qo'lga kiritdi. Dortmundning “Borussiya” esa ushbu turda “Fortuna” mehmoni bo'lib, 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

“Borussiya M” – “Nyurnberg” 2:0
Gollar: 1:0 – 47 Azar, 2:0 – 86 Plea.
Borussiya M – Zommer, Djonson (Lang, 75), Bayer, Elvedi (Kyuizans, 73), Vendt, Noyxaus, Shtrobl, Zakariya, Traore (Xerrmann, 81), Plea, Azar.
Nyurnberg – Bredlov, Goden (Everton, 46), Margraytter, Myul, Lyaybold, Petrak, Misidyan (Salli, 73), Fuks, Palasios-Martines, Mateus Pereyra (Knell, 81), Zrelyak.
Ogohlantirishlar: Lyaybold (19), Goden (30), Traore (63), Margraytter (90), Vendt (90).

“Gerta” – “Augsburg” 2:2
Gollar: 0:1 – 8 Xinteregger, 1:1 – 28 Lekki, 2:1 – 31 Duda, 2:2 – 39 Ku Chja Chxol.
Gerta – Yarsteyn, Pekarik, Lustenberger, Torunariga, Plattenxardt, Lekki, Lazaro, Mayer, Mittelshtedt, Duda (Darida, 65), Zelke (Ibishevich, 73).
Augsburg – Lyute, Shmid, Danzo, Xinteregger (Moravek, 46), Maks, Xedira, Ku Chja Chxol, Gregorich (Shiber, 90), Bayer, Chji Don Von, Finnbogason (Kordova, 61).
Ogohlantirish: Lazaro (90).

“Fortuna” – “Borussiya D” 2:1

Gollar:1:0 – 22 Lukebakio, 2:0 – 56 Cimmer, 2:1 – 81 Pako Alkaser.
Fortuna – Renzing, Cimmermann, Ayxan, Kaminski, Gisselmann, Zobottka (Bodzek, 70), Fink, Cimmer, Shteger, Usami (Raman, 87), Lukebakio (Xennings, 88).
Borussiya D –Byurki, Pishchek, Akandji (Toprak, 46), Diallo, Shmelcer, Vitcel, Dileyni (Pako Alkaser, 61), Pulishich, Roys, Bruun Larsen (Sancho, 60), Getce.
Ogohlantirishlar: Pulishich (62), Shteger (74), Pishchek (90).

“Volfsburg” – “Shtutgart” 2:0
Gollar: 1:0 – 24 Gilavogi, 2:0 – 44 Vegorst.
Volfsburg – Kastels, Villiam, Knoxe, Bruks, Russiyon (Uduoxay, 72), Gerxardt, Gilavogi, Arnold (Redjbechay, 79), Mexmedi (Shteffen, 85), Vegorst, Ginchek.
Shtutgart – Ciler, Aidonis (Dayaku, 80), Baumgartl, Kempf, Insua, Askasibar, Donis (Tommi, 46), Gentner, Akolo (Didavi, 54), Gonsales, Gomes.
Ogohlantirishlar: Russiyon (39), Gonsales (50), Aidonis (80).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia