Bundesliga. "Bayer" "Borussiya"ni mag'lub qilib, 2-o'ringa ko'tarildi

Germaniya chempionatining 17-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuv yakunlandi.

O'z uyida "Borussiya"ni qabul qilgan "Bayer" g'alabaga erishdi (2:1). O'yinda hisob mezbonlar vakili 21 yoshli Mussa Diabi tomonidan 14-daqiqada ochildi. 67-daqiqada dortmundliklar vakili Yulian Brandt hisoni tenglashtirgan bo'lsa, uchrashuv yakuniga 10 daqiqa qolganda "Bayer"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Florian Virtc o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi - 2:1. Ushbu g'alabadan keyin leverkuzenliklar 32 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib olishdi ("Leyptsig"da 1 ta o'yin kam) - TURNIR JADVALI

Bayer – Borussiya D 2:1

20 yanvar, 00.30, "BayArena"

Gollar:

1:0 – 14 Diabi, 1:1 – 67 Brandt, 2:1 – 80 Virtc.

Bayer – Gradecki, Bender, Ta, Tapsoba, Vendell (Sinkgraven, 60), Arangis (Demirbay, 70), Amiri, Virtc, Alario (Shik, 69), Beyli, Diabi.

Borussiya D – Byurki, Xummels, Akandji, Gerreyru, Dileyni, Brandt, Sancho (Reyna, 74), Bellingem (Mukoko, 83), Mene, Roys (Tigges, 89), Xoland.

Ogohlantirishlar:

Beyli (74), Diabi (78), Xummels (90), Dileyni (90).

Bundesliga. Myonxengladbaxda o'tkazilgan o'yin taqdirini Elvedining goli hal qildi 


Manba: championat.asia