

Roberto Manchini jamoasi saralash bahsida Shimoliy Makedoniyaga yutqazib qo'ydi va Qatardagi jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurashni to'xtatdi.
Italiyaliklar 2017 yilgi saralash bellashuvlarida ham pley-offda yutqazishgandi. O'shanda italyanlarni Shvetsiya mag'lubiyatga uchratgan (0:1).
2014 yilgi jahon chempionatida esa Italiya terma jamoasi guruhdan chiqa olmagandi.



