Bunaqasi birinchi marta! "Xoffenxaym" hamda "Ayntraxt" o'rtasidagi bahsda ikki darvozabon bittadan assist amalga oshirishdi

Aslanov Jasurbek
21 okt 2023, 21:23
"Xoffenxaym" hamda "Ayntraxt" o'rtasidagi bahsda darvozabonlar golli uzatmalar berishdi.

Bundesliganing 8-turi bahsining 3-daqiqasida "Xoffenxaym" posboni Oliver Baumann Maksimilian Bayerga golli pas berdi. 11-daqiqada "Ayntraxt" darvozaboni Yens Gral Omar Marmushga golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.

Bunaqasi Bundesligada statistika yig'ila boshlanganidan (2004/05dan) beri ilk marotaba sodir bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports