Bugungi gol Levandovski uchun yubiley natijalar va shaxsiy rekordni keltirdi

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2020, 21:08
Biroz oldin, Germaniya chempionati 30-turi doirasida “Bavariya” safarda “Bayer”ga qarshi to'qnash kelib, 4:2 hisobida zafar quchdi.

Bahsning 66-daqiqasida Tomas Myullerning qanot uzatmasidan keyin Robert Levandovski to'pga boshi bilan ajoyib tarzda zarba bergan holda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Mazkur aniq zarba Levandovskining yuqori ligalardagi yubiley 300-goli sifatida yozildi.

2006-2008 "Znich" (Polsha) 36 gol

2008-2010 "Lex" (Polsha) 32

2010-2014 Borussiya (Dortmund) 74

2014-h.v. Bavariya 158

Shuningdek, Robert professional faoliyatidagi 400-to'pini kiritishga ham erishdi. U buni 581-uchrashuvida qayd etdi.

Levandovski Bundesliga joriy mavsumidagi gollari sonini 30taga etkazib, musobaqadagi to'purarligini mustahkamladi. Bu esa uni “Oltin butsa” uchun yanada yaqinlashtirmoqda.

Qayd etish joiz, “Leva” mavsum davomida urgan gollar (44ta) bo'yicha ham o'z shaxsiy rekordini yangiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia